HTML va CSS to’liq kurs

Xamidov Bobur
24 kishi obuna bo'lgan

Aktivlashtirish muddati: Cheksiz

Ushbu dars haqida

Bugungi kunda, axborot texnologiyalari juda tez rivojlanayotgan bir paytda, deyarli har bir kompaniya va tashkilot o’z veb-saytiga ega bo’lishni istaydi. Ko’pincha odamlar orasida Internetda o’zlarining veb-sahifalarini yaratish zarurati tug’iladi. Bunday xollarda har qanday saytning asosi bo’lgan HTMLni biladigan mutahasisga talab paydo bo’ladi, natijada, foydalanuvchilarda ko’pincha muammolar va savollar paydo bo’ladi.

Bu holda eng oson yo’li zarur dasturlash tili va HTMLni tushunadigan dasturchini jalb qilishdir. Yoki siz HTML-kursni o’rganishingiz va o’zingiz qilishingiz, o’z navbatida ancha muncha pulni tejashingiz mumkin.

HTML (HyperText Markup Language) – bu veb-sahifada elementlarni qanday  joylashtirish kerakligini belgilaydigan tartib tizimi deb tushunish mumkin.

Saytdagi ma’lumotlar, uni taqdim etish usuli va dizayni ma’lum bir qonun qoidalar asosida belgilanadi, yani, har bir elementning Sayt dizaynini qurishda belgilangan o’rni mavjud.

HTML veb sahifada elementlarning aynan qaysi joyda joylashishini mahsus teglar yordamida belgilab beradi. Albatta, hozircha sizga ayrim so’zlar tushunarsiz bo’lishi mumkin ammo siz kursimiz davomida ushbu tushunchalarni nafaqat tushunib boshlaysiz, balki o’zingiz mustaqil html kodlarni yozishni o’rganasiz.

Ushbu darslik asosan endigina veb dasturlash va veb dizayn olamiga qadam qo’ygan insonlar uchun mo’ljallangan bo’lib, kurs davomida nafaqat sayt dizaynini yaratish bo’yicha boshlang’ich tushunchalarni o’zlashtirasiz, balki, Hosting, domen, sayt va veb olamiga bog’liq bo’lgan boshqa bilimlarni ham o’zlashtirib boshlaysiz. Kursimiz ko’pgina misollar, rasmlar, tekshirish uchun savollar va mustaqil ishlardan tuzilgan bo’lib, ushbu vazifalar HTMLni tezroq o’rganishga yordam beradi. Professional veb dizayner bo’lishni istaganlar CSS va JavaScript tillarini o’rganishi lozim.

Kursning maqsadi

HTML ni o'rganib Siz veb dasturlar yaratish tomon birinchi qadamni tashlaysiz. Ushbu Kurs veb Dizayn bilan shug'ullanmoqchi bo'lganlar uchun asos vazifasini bajaradi.

Talablar

  • Zamonaviy brauzer (Iloji boricha "Google Chrome") va Matn muharriri (Sublime text, Visual studio va h.k) o'rnatilgan qurilma (Kompyuter, Planshet yoki Smartfon).

Maqsadli auditoriya

  • Barcha uchun

Sizning ustozlaringiz

Xamidov Bobur

5.0/5
14 kurslari
1 Review
254 Students
Ko'proq ko'rish

Sharh yozing

Bepul
Daraja
Barcha darajalar
Kategoriya

Materiallar o'z ichiga oladi

  • Kerakli matn muxarririni yuklash https://code.visualstudio.com/download